“Aloqa Bank” boshqaruvi raisi K.Irisbekova hamda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi M.Sultonovning tashabbusi bilan  Xitoyning yetakchi ishlab chiqaruvchilaridan biri — "Comoda Garments Limited"  kompaniyasi rahbari janob Steven Zhang  boshchiligidagi delegatsiya Namanganga taklif etildi.

 

Xorijiy investorlarga Namangan erkin iqtisodiy zonasining infratuzilmasi, mavjud soliq va bojxona imtiyozlari, eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil taqdimot o‘tkazildi. Muloqotlar davomida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik doirasida yangi to‘qimachilik majmuasi qurilishi, minglab ish o‘rinlari yaratilishi, mahsulotlarning dunyo bozorlariga yetkazilishi va eng muhimi — xalqaro miqyosda tan olinadigan brend aynan Namanganda shakllantirilishi borasida kelishuvga erishdilar.

 

Loyiha yakuniga yetkazilgach, u nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyodagi eng yirik to‘qimachilik kompaniyalaridan  biriga aylanadi . Bu esa Muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan  olib borilayotgan ochiq va samarali investitsiya siyosatining yana bir amaliy ifodasi bo‘ladi.

Qishloq xo‘jaligi bo‘limi

TADBIRKORLAR VA INVESTORLARGA EIZ HUDUDIDAGI LOYIHALRI UCHUN IMTIYOZ LAR




0%
-foiz yo'q





Mol-mulk solig'i
mahsulotlari

-0% - maxsus huquqiy rejimdan foydalanilgan holda




0%
-foiz yo'q





Foyda solig'i
-Kiritiladigan investitsiyaga qarab 3 yildan 10 yilgacha foyda solig'idan imtiyozlar




0%
-foiz yo'q





Yer solig'i
ishlari

-EIZ rezidentlarining er uchastkalariga




0%

-foiz yo'q





Bojxona to`lovlari

-EIZ rejimida xom ashyo, materiallar va jihozlarni joylashtirishda




0%
-foiz yo'q





Boshqa
xizmatlar

-maxsus iqtisodiy rejimdan foydalanilgan holda

 

"NAMANGAN ERKIN IQTISODIY ZONASI" DIREKSIYASIDA AMALGA OSHIRILADIGAN LOYIHALAR (1 mart holatiga)

 


  • 9
    Bajarilgan loyihalar
     
  • 25
    Ishga tushadigan
     
  • 34
    Jami loyihalar
     

 

© 2025, "Namangan erkin iqtisodiy zonasi" direksiyasining rasmiy axborot portali. Sayt materiallaridan foydalanganda www.namfez.uz manbasi ko'rsatilishi shart