Namangan viloyat hokimining o‘rinbosari Okibjon Inamov boshchiligidagi mutasaddi tashkilotlar vakillari, tadbirkorlardan iborat 20 kishilik viloyat guruhi O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Saudiya Arabistonida bo‘lib turibdi.

O‘zbekiston Respublikasining Saudiya Arabistonidagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tashrif doirasida Makkada tashkillangan Saudiya Arabistoni — O‘zbekiston biznes-forumida Okibjon Inamov Namanganning investitsion salohiyati taqdimotini o‘tkazdi. Forum ishida Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Dilshod Ahadov hamda Saudiya podshohligi ivestitsiyalar vazirligi vakili Baden Bin Muhammad Almufkai ishtirok etdilar. Saudiyaning 30 dan ortiq kompaniyasi vakillari qatnashgan ushbu forumda namanganlik tadbirkorlar faol ishtirok etishdi. V2V formatidagi uchrashuvlar davomida dastlabki kelishuvlarga erishildi. Saudiyalik investorlar Namangandagi qator sohalarga sarmoya kiritishga qiziqish bildirishdi.