Sverdlovsk viloyati gubernatori Yevgeniy Kuyvashev rahbarligida Namangan viloyatiga rasmiy tashrif bilan kelgan delegatsiya a’zolari dasturning ikkinchi kunida Namangan shahridagi “Art Soft Tex Group” korxonasiga tashrif buyurdilar.

Dastlab, shou-rumda bu yerda ishlab chiqarilayotgan turli bichim va rangdagi sochiqlar, xalat, choyshab va boshqa mahsulotlar bilan tanishildi. Shu erda korxona tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ma’lumot berildi. “Art Soft Tex Group”ning klaster usulida tayyor mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yayotgani, Mingbuloq, Pop tumanlarida paxta uchun ekin yer maydoni tasarruf etib, chigit ekishdan to tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jarayonni tizimli ravishda boshqarayotgani uralliklarda katta taassurot qoldirdi